17 may 18:16
Yangiliklar
Boks/MMA

"U menga raqib ham emas". Fyuri Joshuaning mashg'ulotlardagi xatosi haqida gapirdi
Og'ir vazn toifasida amaldagi WBC chempioni Tayson Fyuri raqibi WBA, IBF, WBO va IBO kamarlari egasi Entoni Joshua mashg'ulot jarayonida qanday xatolarga yo'l qo'ygani haqida gapirdi.
"Agar Joshua bilan jang o'tkazilsa, ushbu jang to'liq davom etmaydi. Men uni nokautga uchrataman.
U menga raqib ham emas. Joshua juda sekin va shunchaki muskullardan iborat. U og'irlik ko'tarish ustida keragidan ortiq ishlab, tezlikga etibor bermayapti. Juda ko'p kuch, tezlik esa juda sekin.
Agar Joshua qo'liga tosh olib otsa, shundagina menga tegishi mumkin. Ammo boshqachisga unda imkon yo'q", - dedi Tayson Fyuri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar