04 jan 08:59
Yangiliklar
Boks/MMA
"U muvaffaqiyatning asosiy omili". Uaylder Usikni qanday mag'lub etishini aytdi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder amaldagi chempion Aleksandr Usikni qanday mag'lub etishni rejalashtirayotgani haqida gapirdi.
Avvalroq Usikning o'zi Uaylder bilan jang qilish istagini bildirgan edi.
"Menimcha, o'ng qo'lim — muvaffaqiyatning asosiy omili. Lekin bu intervyuda juda ko'p narsani ochib tashlamayman, chunki odamlar kuzatyapti va tinglayapti. Rejalarimni bilishlarini istamayman.
Raqiblarim nimadir eshitib, uni boshqalarga etkazishi va ayrim jihatlarni tuzatishga urinishi mumkin. SHuning uchun umumiy qilib aytaman: menda tezlik, bo'y va atletizm bor — bu esa menga ustunlik beradigan uchta sifat", — dedi Uaylder.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar