24 iyu 13:27
Yangiliklar
Boks/MMA

UAE Warriors 61. Asliddin Eshonqulov ikki yillik tanaffusdan keyin jang qildi
Kecha Abu-Dabi (BAA) shahridagi Space42 Arena majmuasida MMA bo'yicha UAE Warriors 61 turniri o'tkazildi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik tajribali aralash yakkakurash ustasi Asliddin Eshonqulov oktagonga chiqdi. Rossiyalik Gamid Xizrievga qarshi kechgan 3 raundlik bahsda Asliddin so'nggi raundda uchburchak usuliga tushib, muddatidan avval mag'lub bo'ldi.
Eshonqulov faoliyati davomida bungacha 5 ta jang o'tkazib, barchasida zafar quchgandi. Kechagi bahs Asliddin uchun ilk mag'lubiyatni taqdim etdi. Gamid Xizriev hisobida esa endi 4 ta g'alaba bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar