03 noy 08:47
Yangiliklar

Uaylder Fyuridan mag'lubiyat haqida: Suvimga nimadir qo'shib qo'yishgandi
Amerikalik jangchi bu safar Fyuridan qabul qilib olgan mag'lubiyatiga yana bir bahona o'ylab topdi. Avvaliga u "Lo'lilar qiroli"dan uchralgan mag'lubiyatiga qo'lqoplarni aybdor qilib ko'rsatgandi. Endi esa jiddiy ayblov qo'ydi.
"Jangga 15 daqiqa qolgan bir paytda men murabbiyim bilan lapada ishlayotgandik. O'sha paytda hammasi ideal edi. O'zimni juda yaxshi xis etayotgandim. Ringga chiqqunimga qadar ham hammasi zo'r edi. Hammasi ringda boshlandi. Tanamdagi suv meyorini ushlab turish uchun suv ichdim. SHundan keyin o'zimni boshqacha xis qila boshladim. Bo'g'im va mushaklarim xolsizlanib, og'riq yuzaga keldi. Oyoqlarim o'zimga bo'ysunmayotgandi. Kimdir mening suvimga nimadir qo'shib qo'ygandi", - deydi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Fyuri Uaylderni 7-raundda texnik nokautga uchratib, nomdor chempionga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etgan edi. O'shanda amerikalikning burchagidagilar ringga mag'lubiyatni tan oluvchi oq sochiq uloqtirishgandi.
Fikrlar