03 apr 09:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Joshua bilan Buyuk Britaniyada jang qilishga tayyor
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni amerikalik Deontey Uaylder qolgan asosiy uchta yo'nalish chempioni Entoni Joshua bilan yozda “Uembli” stadionida jang o'tkazishga tayyor ekanligini malum qildi.
Uaylderning rasmiy vakili SHelli Finkel Deontey WBA Super, IBF, IBO va WBO chempionlik kamarlarini qo'lga kiritish maqsadida Britaniyaga borishga rozilik bergan.
“Joshua birinchi marta Uaylder bilan jang o'tkazishga rozilik berdi. Bu biz uchun quvonchli xabar bo'ldi. O'ylaymanki, Entoni o'z so'zining ustidan chiqadigan inson. Uaylder bu chaqiruvni bajonidil qabul qildi. Endi jang muddati va detallarini kelishib olsak bo'lgani”, – dedi Uaylderning menejeri The Telegraph nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar