07 mar 17:26
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/29862_220.jpg)
Uaylder - Ortis jangi teleauditoriyasi elon qilindi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder hamda davogar Luis Ortis o'rtasidagi jang teleauditoriyasi malum qilindi.
Ushbu chempionlik jangini Showtime telekanalida o'rtacha 1 million 55 ming tomoshabin bevosita jonli efirda kuzatgan. Jangning eng ko'p tomosha qilingan vaqtdagi ko'rsatkichi 1,81 million kishini tashkil etgan. Bu natija telekanal uchun 2015 yilning yanvar oyidan keyingi eng yaxshi ko'rsatkich bo'ldi.
SHu kungacha hech bir jangni 1 milliondan ko'p telemuxlis tomosha qilmagan edi. Bundan avvalgi rekord ko'rsatkich ham aynan Uaylderga tegishli bo'lib, uning 3 yil avval Bermeyn Stivernga qarshi jangini o'rtacha 1,2, pik vaqtda 1,3 million muxlis tomosha qilgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar