06 fev 08:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Ortisga qarshi jangni muddatidan ancha avval tugatmoqchi
Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder kubalik davogar Luis Ortisga qarshi kechadigan jangni muddatidan avval yakunlashni maqsad qilgan.
Amerikalik jahon chempioni bunga hech qanday shubhasi yo'qligini malum qildi.
“Ishonchim komil, bu jang belgilangan raundlaridan ancha avval yakunlanadi. Bu faoliyatimdagi eng tezkor nokaut bo'ladi. Ortis mag'lubiyatidan keyin yoshi katta ekanligini aytib, bahona qilishini istamayman”, – dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Uaylder - Ortis chempionlik jangi 3
mart kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar