30 mar 10:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Uaytdan iyun oyida jang o'tkazish bo'yicha taklif oldi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder britaniyalik Dillian Uaytdan iyun oyida o'zaro jang o'tkazish bo'yicha taklif oldi.
Bu haqda Uaytning promouteri Eddi Xirn shunday dedi:
“Biz Uaylderga taklif bilan chiqdik. Lekin hozircha unga javob olmadik. Uaylder uchun yaxshigina gonorar uchun jang taklif qildik. Agar Deontey o'z roziligini bersa, mo'maygina pul ishlab olishlan tashqari, Britaniyada ham yaxshigina obro'ga ega bo'lib olardi”, - dedi Uayt.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar