06 okt 16:16
Yangiliklar

Uaylder: Usikning Joshua ustidan qozongan g'alabasi meni ajablantirmadi
Og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder Aleksandr Usikning Entoni Joshua ustidan qozongan g'alabasi haqida gapirdi. Amerikalik bokschining so'zlariga ko'ra, Usik birinchi janglarida o'zining yangi vazn toifasiga moslashgan, bu unga Joshuani mag'lub etishga yordam bergan.
«Meni jang natijasi hayron qoldirmaydi. Malik Skott har doim Usik va uning mahorati haqida gapiradi. Bundan tashqari, u birinchi og'ir vazn toifasidan chiqqan. Sashaning aniq muammolari bor edi. Superog'ir vazn toifasida u CHazz Uizerspun va Derek CHisorani engdi, biroq bu uslublar jangi. Aleksandr bu vaziyatda shunchaki Joshuani o'qiy oldi. O'ylaymanki, ikkinchi uchrashuvda u buni yaxshiroq hisoblab chiqadi»
Uaylder bokschilarning revansh jangidagi imkoniyatlari haqida ham to'xtaldi
«Aleksandr bundan ham tezroq bo'lishini aytdi va men uning tezligi biroz oshishiga ishonaman. Lekin, baribir bu boks. Bu sodir bo'lmaguncha biz bilolmaymiz», - dedi Uaylder BT Sport Boxing nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar