11 apr 14:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylderga Joshua bilan jang uchun 12,5 million dollar taklif qilishdi
Superog'ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn WBC chempioni Deontey Uaylderga birlashtiruvchi chempionlik jangi uchun 12,5 million dollar taklif qildi.
“Agar Uaylderning jamoasi bu summaga rozilik bermasa, u holda biz chempionlik kamariga rasmiy davogar rossiyalik Aleksandr Povetkin bilan jang o'tkazamiz. Bu bilan Uaylderga qarshi jang o'tkazilmaydi, demoqchi emasman. SHunchaki bu mavzuga Povetkin bilan jangdan so'ng qaytamiz”, — dedi Xirn The Ring jurnaliga bergan intervyusida.
Uaylderning menejerlaridan biri SHelli Finkel hozircha bu chorlovga hech qanday munosabat bildirmadi. Lekin yaqin kunlarda ular Uaylderning javobini aytishga vada berishgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar