26 dek 15:11
Yangiliklar

Uaylderning murabbiyi: "Usik Fyurini mag'lub etsa, hayron bo'lmayman"
Deontey Uaylderning murabbiyi Malik Skott WBA, WBA va IBF yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni Aleksandr Usik va WBC chempioni Tayson Fyuri o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Men Fyurini mag'lub etish katta ish deb o'ylamayman. Fikrim shuki, agar siz Uaylderdek xavfli bo'lmasangiz, Usikning "o'lja"si bo'lasiz. Aleksandr ringda kuchli sportchilarga qarshi chiqdi va ularni mag'lub etdi. Albatta, Tayson Uaylderni engdi. Lekin u endi avvalgidek emas. Mening so'zlarimni faqat bir kishi tasdiqlaydi - Jon Fyuri, uning otasi. Fyurining uslubi Usikga foyda keltiradi. Fyuri Vladimir Klichkoni mag'lub etgan bo'lsa, u kichik Fyuri edi, lekin bu yangi Fyuri Aleksandrga juda mos tushadi".
Malik Skott Fyuri va Usik o'rtasidagi ehtimoliy jang natijasini taxmin qildi.
"Agar Usik kelasi yili mutlaq jahon chempioni bo'lsa, hayron bo'lmasangiz kerak. Tayson Uaylderni 11 raunddan so'ng mag'lub etgan, qisqasi u nokaut ustasi emas. Fyuri Usikning zarbalari kuchini tushungan holda unga qanday javob qaytaradi, men buni bilmayman. Agar Usik g'alaba qozonsa, hayron bo'lmang. Bu men uchun deyarli kutilgan bo'ladi", - dedi Skott Boxingnewsonline nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar