09 mar 17:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Uayt: "Bokschilar boksda, MMA jangchilari esa MMAda qoladi"
Boks industriyasiga kirib kelgan UFC prezidenti Dana Uayt sportchilarning ikki sport turida o'zlarini sinab ko'rish imkoniyatlariga to'xtaldi.
— Bunday imkoniyatlar paydo bo'lganidan keyin UFC jangchilaridan kimdir boks ringiga chiqishni xohlashini taxmin qilyapsizmi? Kelajakda oktagon va boks ringi yonma-yon joylashishi, barchasi birlashishi uchun turnirlar o'tkazishni rejalashtiryapsizmi?
"Yo'q, yo'q, yo'q. Ishonchim komilki, boks tushishni xohlaydigan yigitlar bor, lekin men buni umuman ko'rishni xohlamayman. Bokschilar boksda, MMA jangchilari esa MMAda qoladi", dedi Uayt.
Avvalroq, yarim og'ir vazndagi UFC chempioni Aleks Pereyra prof boksning super og'ir vaznidagi chempion Aleksandr Usik bilan jang qilish istagini bildirgandi.
Havola :
Manba : Championship Rounds
Fikrlar