10 jan 16:26
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uayt Fyurini nokautga uchratishi mumkin"
Britaniyalik og'ir vaznli bokschi Deniel Dyubua vatandoshi Dillian Uaytni WBC yo'nalishi chempioni Tayson Fyurini mag'lub etish imkoniyatiga ega deb hisoblaydi.
"Albatta, Dillianda pancherlik xususiyati bor. U chempionga qarshi kurashish uchun shu darajaga etib keldi. Lekin menimcha, Fyuri g'alaba qozonsa kerak. U zarba o'tkazib yuboradi, lekin kurashni davom ettiradi. U katta kuchga ega.
Ha, u chindan ham jo'shqin yigit va qanday kurashishni biladi. Ammo, Dillianning imkoniyati baribir bor", - dedi Dyubua The Lowdown nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : vringe.com
Fikrlar