09 avg 10:55
Yangiliklar
Uayt Makgregorning Dublindagi restoraniga tashrif buyurdi
Dunyoning eng kuchli ligasi rahbari video murojaat yozib, unda irlandiyalik jangchiga tizzasidagi operaciyadan so'ng tezroq sog'ayib ketishini tiladi. Uayt Dublindagi "Zuffa Boxing 10" turniri oldidan "jang haftaligi" doirasida Irlandiyada bo'lib turibdi.
"Sizlarga aytgandim: men shu erdaman, Black Forge Inn`daman. Xizmat ko'rsatish alo darajada, mehmondo'stlik ham shunday, taomlar esa juda mazali. Rahmat, birodar. Sog'ayib ket va tezroq oyoqqa tur", — dedi Uayt ijtimoiy tarmoqlarda elon qilingan videoda.
Operaciyadan so'ng Makgregor UFC bilan tuzilgan shartnoma bo'yicha oxirgi jangini o'tkazish uchun 2027 yilgi "International Fight Week 2027" (Xalqaro janglar haftaligi)da qaytishni rejalashtirayotganini malum qildi.

Fikrlar