26 avg 09:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Uayt nokautga nokaut bilan javob qaytarishga vada berdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq vaqtinchalik WBC kamari sohibi Dillian Uayt Aleksandr Povetkinni nokaut qilishga vada berdi.
“Promouterlarimi bilan birgalikda revanshni qachon o'tkazish haqida o'ylayapmiz. Revansh noyabr yoki dekabr oyida bo'lsa kerak. Men hozir 10-12 kun dam olishim kerak, keyin yana mashg'ulotlarga qaytaman. Povetkinni nokaut qilaman, bunga ishonasizlarmi? Men aynan shunday bo'lishiga vada beraman”, - dedi Dillian.
Eslatib o'tamiz, Povetkin 22 avgust kuni bo'lib o'tgan jangda raqibini beshinchi raundda nokaut qilishga erishgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar