03 okt 19:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Uayt Pereyraning boksga o'tishiga qanday qaraydi?
UFC prezidenti Dana Uayt liganing yarim og'ir vazn toifasidagi chempioni, braziliyalik Aleks Pereyraning boksga o'tish ehtimoliga munosabat bildirdi.
"Bilmadim, men bular haqida o'ylamayman ham. Jangchilar boshqa sport turlarida o'zlarini sinab ko'rishni xohlasa, bundan nafratlanaman.
Men Aleksning bu qarorini hurmat qilaman, lekin men hamma o'z to'lqinida qolishi tarafdoriman", dedi Uayt.
Aleks Pereyra shu hafta yakunida UFC 307 turnirining markaziy jangi doirasida o'z kamarini Xalil Rauntridan himoya qilishga urinib ko'radi.
Havola :
Manba : fightnews
Fikrlar