14 mar 13:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Uayt yangi boks Ligasi haqida: "Unda UFC'dagi kabi bitta chempionlik kamari bo'ladi"
UFC bosh direktori Dana Uayt Saudiya Arabistoni promouterlari bilan hamkorlikda yaratiladigan yangi boks Ligasi haqida fikr bildirdi.
"UFC'dagi kabi bitta kamar bo'ladi. Xuddi shu model. WBC, IBF, WBA va boshqalar ananaviy promouterlar bilan ishlayveradi. Lekin biz bunday qilmaymiz. Bizda hammasi boshlangan paytidagidek klassik vazn toifalari bo'ladi. Bundan tashqari, bizda birgina chempion bo'ladi", deya Uaytning so'zlarini keltiradi ESPN.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar