05 iyu 15:51
Yangiliklar
Dzyudo
Uch nafar dzyudochimiz Tbilisi "Katta Dubulg'a" medali uchun tatamoga chiqadi
Gruziyaning Tbilisi shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning uchinchi kungi saralash bellashuvlari yakuniga etdi.
Bahslarga kirishgan 5 dzyudochimizdan 3 nafari kechki final dasturida musobaqa medallari uchun kurashish huquqini qo'lga kiritishdi. Ulardan Alisher Yusupov gruziyalik Gela Zaalishviliga qarshi oltin medal uchun tatamiga chiqadi.
Oltin medal uchun
+100 kg: Alisher Yusupov (O'zbekiston) - Gela Zaalishvili (Gruziya)
Bronza medal uchun
-100 kg: Otabek To'raboev (O'zbekiston) - Aybek Serikbaev (Qozog'iston)
+100 kg: SHohruh Baxtiyorov (O'zbekiston) - Jozef Tergek (Franciya)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar