18 may 17:45
Yangiliklar
Uch nafar hamyurtimiz Octagon 58 turnirida jang qildi
Oqshom doirasida uch nafar o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi - Omonullo Yo'ldoshev, Zulfiya Qo'rboshova hamda Mavlonbek Mirkomilov ham o'z janglarini o'tkazishdi.
Engil vazndagi Mavlonbek Mirkomilov (5-2-1) qozog'iston Janserik Jaksigululi (5-5-1)ga qarshi kechgan jangda hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi. Afsuski, qolgan ikki yakkakurashchimiz raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'yishdi.
Ayollar o'rtasida minimal vaznda oktagonga chiqqan Zulfiya Qo'rboshova (2-1-0) Qirg'iz Respublikasi vakilasi Farida Abdueva (Qirg'iziston, 3-1-0)ga hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazib qo'ydi. Eng engil vazndagi Omonullo Yo'ldoshev (2-1-0) esa bahraynlik Murod Ibragimov (3-0-0)dan 1-raunddayoq engildi.
Fikrlar