18 dek 10:36
Yangiliklar
Sport kurashlari
Uch nafar kurashchimiz yilni Jahon reytingi peshqadami sifatida yakunlaydi
Birlashgan kurash dunyosi (UWW) joriy yilning dekabr oyi uchun jahon reytingini elon qildi.
2025 yil yakuni aks etgan mazkur jadvalda yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining 3 nafar azosi birinchi o'rinda qayd etilgan.
Unga ko'ra, ortda qolayotgan yil turli musobaqalarda yuqori natijalar bilan qimmatli ochkolarni jamg'argan Alisher G'aniev -60 kg, Aytjan Xalmaxanov -63 kg va Abdullo Aliev -72 kg vazn toifalarida Jahon reytingining peshqadami sifatida yilni yakunlaydigan bo'lishdi.



Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar