07 mar 09:10
Yangiliklar

Uch nafar og'ir vaznli rus jangchisi PFL Gran-prisida oktagonga chiqadi
Ushbu turnir 1 may kuni AQSHning Orlando shahrida start oladi. Unda og'ir vaznli rus jangchilaridan Valentin Moldavskiy, Oleg Popov va Sergey Bilostenniy bosh sovrin uchun oktagonga chiqadi. O'tgan yilgi chempion Denis Golcov bu yilgi mavsumda ishtirok etmaydigan bo'ldi.
Yuqorida nomlari tilga olingan uch rossiyalikdan tashqari moldovalik sobiq UFC jangchisi Aleksandr Romanov, amerikalik Tim Jonson, eronlik Puyya Rahmani hamda britaniyaliklar Linton Vassell va Abraxam Bebli ham chempionlik uchun kurashga kirishadi.
Og'ir vaznlilar Gran-prisining 1/4 final juftliklari keyinroq elon qilinadi. Bu yilgi turnir Olimpiya tizimida o'tkaziladi. CHempion bo'lish uchun uchta jangda g'alaba qozonish talab etiladi. CHempion 500 000 AQSH dollarini qo'lga kiritadi.
Fikrlar