25 fev 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Uch nafar o'zbek bokschisi Kambodjada jang qiladi, ularning biri chempionlik jangi bo'ladi
29 fevral kuni Kambodjaning Bavet shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Ahamiyatlisi, o'sha kuni uch nafar o'zbekistonlik professional charm qo'lqop ustasi ringga ko'tariladi.
Ravshanbek SHermatov (4-1-0) filippinlik Melmark Dignosga (9-4-0) qarshi bahs olib borsa, Abdurasul Ismoilov (7-1-0) filippinlik boshqa bir bokschi (33-20-2)ga qarshi jang qiladi.
Kechaning markaziy jangida Olimjon Nazarov (21-5-0) o'zining WBO Oriental kamarini filippinlik Orli Silvestrdan (15-5-2) himoya qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar