So’nggi yangiliklar

14:59WTA рейтинги. Топ-10 ўзгаришсиз, уч теннисчимиздан иккиси юқорилади 0 14:38Мэнни Пакьяо навбатдаги рақиби номини билиб олди 0 14:17Евро-2024. Бугунги ўйинларни бошқарадиган ҳакамлар маълум 0 13:56Тўрт нафар эркин курашчимиз Осиё чемпионатида шоҳсупага кўтарилди 0 13:35Чавандозларимиз “Horseka Derby” турнирида 6 та медаль қўлга киритишди + ФОТО 0 13:14Дзюдочиларимиз "Осиё болалари" мусобақасида яна 4 та медаль қўлга киритишди, 2 таси олтин! 0 12:53Тимур Кападзе Олимпиадага олиб кетишни режа қилган уч нафар ёши катта футболчининг кимлигини айтди 0 12:32Магомед Анкалаев Алекс Перейранинг ғалабасига муносабат билдирди 0 12:11ATP рейтинги. Султонов 21, Фомин 17, Шин 2 поғонага кўтарилди 0 11:50Дана Уайт Алекс Перейранинг оғир вазнга ўтишига муносабат билдирди 0 11:29Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади 0 11:08Эмма Радукану "Уимблдон"га Англия терма жамоаси либосида келди + ФОТО 0 10:47Ёш дзюдочиларимиз Истанбулдаги халқаро турнирга йўл олишди 0 10:26Нодирбек Абдусатторов Руминия турнири етакчиларининг бири билан муросага келди 0 10:05Copa America. Мексика учун мусобақа якунланди. Эквадор кейинги босқичда! 0

08 may 21:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Uch nafar vakilimiz chorak finalda, Oybek ham g'alaba bilan boshladi, SHodiyor esa... Jahon chempionatining sakkizinchi kuni ham yakunlandi

Toshkentda o'tkazilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining sakkizinchi kuni yakuniga etdi.

Bugungi kun doirasida besh nafar o'zbekistonlik bokschi jang qildi:

Kunduzgi dasturda:

1. -54 kgda 1/16 final jangi: Oybek Jo'raev - Tamir Galanov (Serbiya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)
2. -92 kgda 1/8 final jangi: Lazizbek Mullojonov - Giorgi Tchigladze (Gruziya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

Kechgi dasturda:

3. -48 kgda 1/8 final jangi: SHodiyor Meliqo'ziev - Sanjar Tashkenbay (Qozog'iston), (Hakamlar qarori bilan)
4. -60 kgda 1/8 final jangi: Mujibillo Tursunov - Muhammad Hamud (Marokash), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)
5. -86 kgda 1/8 final jangi: SHohjahon Abdullaev - Sagindik Tagambay (Qozog'iston), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

SHu tariqa, Lazizbek Mullojonov, Mujibillo Tursunov va SHohjahon Abdullaevlar o'z vaznlarida chorak finalga yo'l olishdi. Oybku Jo'raev ham ilk jangida g'alaba qozonib, nimchorak final chiptasini naqt qildi. SHodiyor Meliqo'ziev esa nimchorak final jangida qozog'istonlik kuchli raqibi oldida biroz ojiz qoldi va musobaqani tark etishga majbur bo'ldi.

MATNLI TRANSLYACIYA


20:39. G'ALABA! Kutilganidek, SHohjahon Abdullaev bu safar ham Tagambayga imkon qoldirmasdan, keyingi bosqichga yo'l oldi!

20:34. Ikkinchi raund ajooooyib o'tdi. Nokdaun o'zi nokautga aylanishi kerak edi. SHohjahon "molodec"! Hisob esa 4:1 emish, bosniyalik hakamga alangali salomlar!!!

20:29. Ilk raund yakuniga etdi, teng jang. Hisob - 5:0, SHohjahon foydasiga. Ajoyib!

20:26. Birinchi raundga start berildi.

20:24. Ikki bokschi ringga chiqib kelmoqda.

20:23. SHohjahon Abdullaevning Sagindik Tagambayga qarshi jangi boshlanmoqda...

20:07. Yana bitta jangdan so'ng SHohjahon Abdullaev ishtirokidagi to'qnashuv start oladi.


19:42. Mujibillo Tursunov ishonchli jang namoyish qilib, chorak finalga chiqdi. Buyog'iga rossiyalik jangchiga qarshi ringga chiqadi Tursunov.

19:37. Jangning ikkichi raundi ham yakunlandi, Mujibilloda temp biroz pastroq, hisob 5:0 ekanicha qoldi.

19:32. Birinchi raund yakunlandi, hisob 5:0, Mujibillo foydasiga.

19:28. Mujibillo Tursunov ringga chiqib kelmoqda.

19:02. Yana bitta jangdan so'ng B ringida Mujibillo Tursunov ishtirokidagi jang boshlanadi.


18:34. Afsus, SHodiyor qozog'istonlik raqibiga yana mag'lub bo'lmoqda. Bu O'zbekiston uchun ikkinchi yo'qotish bo'ldi.

18:29. Ikkinchi raund og'ir o'tdi, SHodiyor raund so'ngida nokdaun holatiga tushdi, hisob esa 5:0 raqib foydasiga.

18:25. Raund yakuniga etdi. Teng jang, hisob 2:3, afsuski Tashkenbay foydasiga.

18:22. Birinchi raund boshlandi.

18:20. SHodiyorjon Meliqo'ziev ringga ko'tarilmoqda.

18:09. Yana arenaga qaytamiz. Bir necha daqiqalardan so'ng SHodiyor Meliqo'zievning qozog'istonlik Sanjar Tashkenbayga qarshi jangi boshlanadi.

16:54. Bir soatlik tanaffusdan so'ng kechgi dastur janglari boshlanadi.


16:35. Ajoyib klass evaziga Lazizbek Mullojonov uchinchi raundda juda chiroyli boks namoyish etdi va g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi.

16:32. Ikkinchi raundda Lazizbekning harakatlari biroz sustlashdi, ammo bu hisobda aks etmadi - 5:0, Mullojonov hisobiga.

16:28. Raund o'z yakuniga etdi. Lazizbek bu raundda ehtiyotkorroq bo'lishga va maofadan ishlashga harakat qilgandek ko'rindi. Hisob 5:0, bizning foydamizga.

16:25. Birinchi raund boshlandi.

16:23. Lazizbek Mullojonovning Giorgi Tchigladzega qarshi jangi boshlanmoqda. Bokschilar ringga chiqib kelmoqda.

15:48. Yana ikkita jangdan so'ng Lazizbek Mullojonov chorak final yo'lida ringga chiqadi.


15:22. Yana bir g'alaba. Oybek Jo'raev serbiyalik raqibini 5:0 hisobida mag'lub etib, nimchorak finalga yo'l oldi.

15:16. Ikkinchi raundda ham ustunlik saqlab qolindi - 5:0. Oybek Jo'raev keyingi bosqich masalasini deyarli hal qildi.

15:12. Jangning birinchi raundi yakunlandi, biroz ustunlik Oybek Jo'raevda. Hisob esa 5:0.

15:08. Oybek Jo'raev ishtirokidagi jang start olmoqda. Vakilimiz ringga chiqib kelmoqda.

14:59. Oybek Jo'raevning jangi start olishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda...

14:05. Assalomu alaykum qadrli boks muxlislari! Jahon chempionatining sakkizinchi kunidan o'rin olgan janglar hozirgina start oldi. Bugungi kun doirasida besh nafar vakilimiz ringga ko'tariladi. Birinchi bo'lib Oybek Jo'raev jang qilsa, kunni SHohjahon Abdullaev yakunlab beradi. Oybek Jo'raevning jangigacha yana to'rtta to'qnashuv mavjud B ringida.

Reyting: +1   

Fikrlar

+3   
08 may 19:01:59
Boks
Kopchili shodiyor u bu deb maxtayotgandi, nodirjondan kuchli deb, ĝrt qop boldi bugun ikki martalabam yiqiladimi eng yengil vaznda
+2   
08 may 22:52:42
SPRINTERshashist
Казахский боксёрский община внутри есть они свои ошибки никогда не признают. Всегда кого-то обвиняет обвиняет Я уже привык на это они проигрывают боксёров из маврикий . Маврикий - это не боксёрский страна ну каждый раз судьи виноваты или кто-то виноват
+2   
08 may 20:58:10
Tursun Ganiev
Мураббийларга саломлар. Шодийор 48 кг хато танлов эди ва бу бугунжангда уз тасдигини топди. Чемпион колиб унга енгилган боксчини олишди мана натижаси. Уз 80 кг ва 48 кг ХАТО ТАНЛОВ БУЛГАНДИ ВА БУ НАРСА БИРИНЧИ БУЛИБ УЗ НАТИЖАСИНИ КУРСАТДИ. НОДИРЖОН ВА ОДИЛЖОННИ ОЛИБ КЕЛИШ КЕРАК ЭДИ. ЖАНОБИ МУРАББИЙЛАР!!!!!!
+2   
08 may 20:38:47
Iymon
Режиссёр кассойми ёки операторми
+1   
08 may 23:44:11
Boks
Ramos47 foydalanuvchining fikriga javob berish
Хурматли тренерлар сизга ""саломлар"" !!! 3 та вазн тоифасида курамиз нма дейсизлар. Колганларга гап йук тугри танлов
Qaysi vaznlar haqida aytiyapsiz
+1   
08 may 22:01:04
Ramos47
Хурматли тренерлар сизга ""саломлар"" !!! 3 та вазн тоифасида курамиз нма дейсизлар. Колганларга гап йук тугри танлов
   
09 may 14:07:48
SPRINTERshashist
Козогистонни спорт.кз сайти тоза фитначи экан. Кеча Абдуллаевни накдаунни боши Билан йикитди деб сайрашвоти. Абдуллаев чап Кули Билан урмокчи булган пайт иккисини боши Бир бирига тегиб кетди, лекин бундай вазият Бир жангла 10 марталаб булади. Абдуллаев чап Кули Билан уриб йикитгани аник. Лекин фитначи козок сайти ходимлари ва шу сайт юзерлари бош Билан урди деб епишиб олишган. Булар купинча узини айбини эмас бошкани айбдор килишни яхши куради. Мана курамиз чемпионат охирида козоклар роса судяларн. Кремлевни анча олдин хаваскор боксдан чикиб кетган гофур акани Яна хатто Усмоновни айблайди. Узларини Маврикий лик боксчилар ютиб куйяпти. Бир иккитаси эпласа олтин олар . Мободо олмаса роса тирнокни ичидан Кир кидиради. Мана этди дейсизлар
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing