So’nggi yangiliklar

13:14Жошуанинг менежери жангни ташкил этиш кечикаётгани учун Яқин Шарқ ташкилотчиларини айблади 0 12:47Марадона "Худонинг қўли" билан гол урган тўп аукционда дахшатли суммага сотилди 0 12:20Уч спортчимиз Kazakhstan Junior Golf Invitational 2026 турнирида ғолиб ва совриндор бўлди 0 11:56Мераб Двалишвили ММА тарихидаги энг буюк жангчини айтди 0 11:29Макс Холлоуэй Ислам Махачевга қарши чемпионлик жанги учун тайёр! 0 11:01Мареска "Сити"нинг 18 йиллик рекордини янгилади 0 10:37Нурмагомедов UFC`даги икки асосий мақсадини маълум қилди 0 10:13Бугун Полина Кудерметова US Open 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 09:44Расман! Рақамланган UFC 334 ва UFC 335 турнирлари тасдиқланди 0 09:18Ҳусанов "Борнмут"га қарши ўйинда неча баллга лойиқ кўрилди? 0 08:52UFC Fight Night 285 турнири жангчиларининг гонорарлари маълум - энг кўпи "Рицар"да! 0 08:28PFL турнирининг барча натижалари: "Киборг" Виейрага қарши, Рабаданов Ридерни нокаутга учратди 0 08:04Ўзбекистон — аралаш жамоавий баҳсларда Жаҳон чемпионати совриндори! 0 07:37Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Эльче"ни тор-мор этди 0 07:11Monterrey Open. "Ўзбекча финал"да бироз кутилмаган натижа қайд этилди 0

24 avg 12:20
Yangiliklar

Boshqalar

Uch sportchimiz Kazakhstan Junior Golf Invitational 2026 turnirida g'olib va sovrindor bo'ldi

Qozog'istonning Almati shahrida golf bo'yicha Kazakhstan Junior Golf Invitational 2026 turniri bo'lib o'tdi.

Ikki kun davomida o'smirlar o'rtasida turli yosh toifasida tashkil etilgan xalqaro musobaqada etti mamlakat — Qozog'iston, Ozarbayjon, Hindiston, Qirg'iz Respublikasi, O'mon, Birlashgan Arab Amirliklari va O'zbekistonning eng yaxshi yosh golfchilari g'oliblik uchun kurash olib bordilar.

Turnir "Nurtau" va "Zhailjau" golf klublari maydonlarida "Stroke Play (Gross)" formatida o'tkazildi. Unda g'oliblar 36 ta lunka bo'yicha eng kam zarbalar yig'indisi asosida aniqlandi.

Har bir raund sportchilardan maksimal diqqat-etibor, taktik fikrlash, matonat va eng murakkab o'yin vaziyatlarida to'g'ri qaror qabul qilish qobiliyatini talab qildi.

O'zbekiston terma jamoasi vakili Alibek Inoyatov yosh toifasidan qati nazar, turnirning eng yaxshi mutlaq natijasi uchun "BEST GROSS" maxsus sovrini bilan taqdirlandi. Ushbu mukofot ananaviy tarzda musobaqa davomida eng yuqori o'yin darajasini namoyish etgan sportchiga topshiriladi.

Qozog'iston golf federaciyasida takidlashlaricha, turnirning asosiy qadriyatlaridan biri bu nafaqat medallar uchun kurash, balki yosh sportchilar uchun xalqaro musobaqa tajribasini orttirish, o'z kuchlarini eng kuchli tengdoshlari bilan o'yinda sinab ko'rish, tajriba almashish va katta jahon golf hamjamiyatining bir qismiga aylanish imkoniyatidir.


G'olib va sovrindorlarimiz:

Oltin medallar

Amira Talipova — (Girls 15-16 yosh)

Alibek Inoyatov — (Boys 15-16 yosh)


Kumush medal

Maksim Pak — (Boys 13-14 yosh)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing