01 mar 14:27
Yangiliklar

Uchta chempionlik jangi o'tkaziladigan UFC 259 turnirining to'liq kardi malum
Bir yo'la uchta chempionlik jangi o'rin olgan turnir tashkilotchilari oqshomning to'liq kardi, yani janglar ro'yxatini elon qilishdi. Markaziy jang birlashtiruvchi chempionlik jangi maqomida bo'lib, unda yarim og'ir vazn toifasi chempioni Yan Blaxovich o'rta vazn chempioni Israel Adesanyaga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Anderkard jangda ayollar o'rtasida ikki vazn chempioni Amanda Nunes kamarini Megan Andersondan himoya qiladi. Uchinchi chempionlik jangi esa rossiyalik Pyotr Yan hamda uning kamariga rasmiy davogar Aljemeyn Sterling o'rtasida bo'lib o'tadi. SHuningdek, asosiy kardda rossiyalik Islam Maxachev hamda Dryu Dober jangi ham o'tkaziladi.
Asosiy kard
Yan Blaxovich — Israel Adesanya
Amanda Nunes — Megan Anderson
Pyotr Yan — Aljemeyn Sterling
Islam Maxachev — Dryu Dober
Tiago Santos — Aleksandr Rakich
Prelim kard
Dominik Kruz — Keysi Kenni
Song Yadong — Kayler Fillips
Djozef Benavides — Askar Askarov
Rojerio Bontorin — Kay Kara Frens
Liviya Souza — Amanda Lemos
Ilk prelim janglar
Tim Elliott — Jordan Espinoza
Kennedi Nzechakvu — Karlos Olberg
SHon Bredi — Jeyk Mettyus
Urosh Medich — Aalon Kruz
Mario Bautista — Trevin Jons
Fikrlar