07 fev 12:59
Yangiliklar
Uchta medal qo'lga kiritgan O'zbekiston Parij "Katta Dubulg'a" turnirida nechanchi o'rinni egalladi? (Jadval)
Dunyoning eng ko'zga ko'ringan dzyudochilari ishtirok etgan musobaqada terma jamoamizning 5 nafar azosi ham medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdi. Turnirning ikkinchi kuni SHarofiddin Boltaboev (-81 kg), Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov (-90 kg) va Muzaffarbek To'raboev (-100 kg) o'z vazn toifalarida bronza medali hamda 500 reyting ochkosini qo'lga kiritishdi.
Bu medallar sabab O'zbekiston medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida 10-o'rinni egalladi. Yaponiya terma jamoasi kutilganidek, 7 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan birinchi bo'ldi.
Mezbonlar 3 ta oltin, 1 ta kumush, 7 ta bronza bilan ikkinchi o'rinni band etishgan bo'lsa, kuchli uchlik mo'g'ulistonlik dzyudochilar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakun yasashdi.
Fikrlar