30 sen 13:42
Yangiliklar
Sport kurashlari

Uchta yosh toifasida Jahon chempioni Aytjan Xalmaxanovga Prezident sovg'asi - uch xonali uy berildi + FOTO
Yunon-rum kurashi bo'yicha terma jamoamiz azosi Aytjan Xalmaxanov yaqindagina Xorvatiyaning Zagreb shahrida o'tgan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida oltin medalga ega chiqqandi.
Sportchimizga Prezident sovg'asi sifatida Toshkent viloyati hududidagi Nurafshon City ko'p qavatli majmuasidan 3 xonali kvartira taqdim etildi.
Xalmaxanovga xonadon kalitini Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev topshirdi.
Takidlash joiz, Aytjan faoliyati davomida hozirga qadar yunon-rum kurashi bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar toifasida Jahon chempionligini qo'lga kiritgan. U Toshkent viloyatining O'rta CHirchiq tumanida tug'ilgan va hozir ham shu erda istiqomat qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar