11 apr 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uchtalik" UFC chempioni faoliyatini qayta tiklaganini malum qildi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni Genri Sexudo "qafas"ga qaytmoqda.
Sexudo olti oy ichida musobaqalarda qatnashishi mumkin.
"Men hali qaytaman!" — deya yozadi Sexudo Twitter sahifasida.
Genri Sexudo so'nggi jangini 2020 yil 9 may kuni Dominik Kruzga qarshi o'tkazib, raqibini texnik nokautga uchratgandi. O'sha jangda engil vazn toifasidagi kamarini himoya qilgan Genri oktagon bilan xayrlashishini aytgandi.
Malumot uchun, Sexudo erkin kurash bo'yicha Olimpiya chempioni hisoblanadi. 2008 yilda u Pekin Olimpiadasining 55 kilogramm vazn toifasidagi final bellashuvida yaponiyalik Tomoxiro Macunagani mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar