So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

02 iyu 09:13
Yangiliklar

Bolalar sporti

Uchtepada zamonaviy suv sporti saroyi foydalanishga topshirildi

Davlatimiz rahbari shu yilning may oyida Uchtepa tumaniga qilgan tashrifida yoshlarning sport bilan shug'ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, ommaviy sport tadbirlarini o'tkazishni ko'paytirish bo'yicha topshiriqlar bergan edi.

Ushbu islohotlar mahsuli o'laroq, “Yoshlar kuni” bayrami arafasida Uchtepa tumani CHo'pon ota mahallasi hududida 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabining yopiq suzish havzasi yangitdan qurilib foydalanishga topshirildi. 

Tantanali tadbirda Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, tuman hokimligi mutasaddilari,mahalla ahli va o'quvchi-yoshlar ishtirok etishdi. Toshkent shahridagi bolalar–o'smirlar sport maktablarida suv sport turlari bilan shug'ullanuvchi yoshlar namoyish etgan ko'rgazmali chiqishlari yig'ilganlarda katta taassurot uyg'otdi.

Ushbu yopiq suv havzasini qurish uchun 5,4 milliard so'm ajratildi. Obektda 11x25 metr o'lchamdagi suzish havzasi, murabbiylar, shug'ullanuvchilar uchun yuvinish, kiyinish, dam olish, tibbiyot xonalari, suvning tarkibi, sifati nazorat qilinadigan laboratoriya hamda tomoshabinlar uchun o'rindiqlar mavjud. Inshootda bir kunda 120 nafar o'g'il-qiz suzish sporti sirlarini o'rganishi uchun sharoit yaratilgan. Etiborlisi, bolalar-o'smirlar sport maktabiga 49 nomdagi jihozlar ham topshirildi.

Mazkur suzish havzasining foydalanishga topshirilishi yoshlar uchun quvonchli voqea bo'ldi. Endilikda uchtepalik yoshlar ham suv sporti turlari bilan professional shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing