01 noy 11:57
Yangiliklar
UFC 10 nafar jangchini tashkilotdan haydadi
Ular orasida rossiyalik engil vazn toifasi vakili Magomed Mustafaev ham bor. U deyarli uch yildan beri oktagonga chiqmay kelayotgandi. Qora ro'yxatga tushganlar orasida yarimog'ir vazn toifasi jangchisi Misha Cirkunov ham bor. Latviyalik bu aralash yakkakurash ustasi shu yil fevral oyida Mahmud Muradov bilan jang qilishi lozim edi. Ammo hamyurtimizning qo'lidan olgan jarohati sabab Cirkunovga braziliyalik Vellington Turman raqib sifatida berilgandi. Turman ikkinchi raundda tirsak bergan zarbasi evaziga Mishani nokautga uchratgandi.
Mustafaev va Cirkunovdan tashqari, UFC Kshishtof Yotko, Luis Koske, Nik Maksimov, CHarli Ontiveros, Jessi Ronson, Kemeron Vankemp, Derian Viks va Jeyson Uitt bilan ham shartnomalarni bekor qildi.
Fikrlar