29 fev 11:55
Yangiliklar
UFC 2023 yilda rekord darajada foyda ko'rdi
TKO Group Holdings hisobotiga ko'ra, UFC va WWE promoushenlarining o'tgan yilgi daromadi 1.3 milliard dollarni tashkil etgan. Bu 2022 yilgi foydadan 13 foizga ko'p deganidir. Rekord darajada foyda ko'rilishiga UFC turnirlari hamda homiylarning ko'paygani sabab bo'lgan.
Takidlash joiz, 2023 yilning so'nggi uch oyida UFC 282.8 million dollar ishlab topgan. 2022 yilning aynan shu vaqti bilan taqqoslaganda, daromad 111 mln dollarga ko'proq bo'lgani oydinlashadi - 271.7 million dollar!
Daromadning eng katta qismi ESPN bilan translyaciya bo'yicha imzolangan kelishuvdan kelgan - 870.6 million dollar. Homiylar esa UFC promousheniga 196 million dollar to'lab bergan. CHiptalar sotuvidan 168 million dollar daromad qilingan. 2023 yilda jami 43 ta UFC turniri o'tkazilgan.
Fikrlar