27 sen 12:38
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/135820_220.jpg)
UFC 253. Bonus sohiblari elon qilindi
Bugun Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.
Biroz avval UFC 253 turnirida qayd etilgan natijalar bilan tanishtirgan edik. Tashkilotchilar oqshomda o'zini ko'rsatgan jangchilar uchun atalgan bonuslar kimga nasib etganini oshkor etishdi.
Turnirning eng yaxshi jangi sifatida Brendon Royval - Kay-Kara Franc to'qnashuvi etirof etildi. Har ikki jangchiga ham kafolatlangan gonorardan tashqari 50 ming dollar mukofot puli beriladigan bo'ldi.
SHuningdek, chempionlik jangida g'alaba qozongan Yan Blaxovich va Israel Adesanya ham 50 ming dollarlik bonusga ega chiqishdi. Polshalik Yan Jon Jonsdan keyin yarim og'ir vaznda vakant qolgan chempionlik kamariga ega bo'ldi. Adesanya esa chempionlik kamarini himoya qildi.
Havola :
Fikrlar