27 sen 09:45
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 253. Markaziy jangda nokaut qayd etildi + FOTO
Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da UFC 253 turniri nihoyasiga etdi.
Kechaning markaziy jangida Israel Adesanya braziliyalik Paulo Kostaga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Besh raundga mo'ljallangan jang ikkinchi raunddayoq yakunlandi. Ikkinchi raundda Adesanya chap qo'l zarbasi bilan raqibini yiqitdi va zarbalar seriyasini uyushtirdi. SHu tariqa u raqibini nokautga uchratdi va chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi.
Paulo Kosta esa faoliyatida ilk marotaba mag'lubiyatga uchradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar