21 noy 08:50
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 255: CHempion SHevchenko davogar bilan bir xil vazn qayd etdi + FOTO
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.
Bugun esa ananaga ko'ra UFC 255 turniri ishtirokchilari tarozidan o'tish hamda ko'z urishtirish marosimlarida hozir bo'lishdi. Oqshomning anderkard jangida engil vaznda UFC chempioni, qirg'izistonlik Valentina SHevchenko davogar Jennifer Mayyaga qarshi oktagonga ko'tariladi. Har ikki jangchi qizlar ham bir xil - 56,2 kg vazn ko'rsatishdi.
Asosiy kardning qolgan juftliklari:
Tim Mins (77,5 kg) – Mayk Perri (79, kg).
Sintiya Kalvilo (56,2 kg) – Ketlin CHukagyan (56,6 kg)
Pol Kreyg (92,9 kg) – Maurisio Rua (92,9 kg).
Havola :
Manba : usatoday.com
Fikrlar