13 dek 08:16
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 256. Qirg'izistonlik jangchi raqibini nokautga uchratdi + FOTO
Ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina UFC 256 turniri doirasidagi qiziqarli janglardan biri yakuniga etdi. Unda qirg'izistonlik Rafael Fiziev braziliyalik Renato Moykanoga qarshi oktagornga ko'tarildi. Jang birinchi raunddayoq nihoyasiga etdi. Fiziev raqibini chap qo'l apperkot hamda bosh qismiga yo'llangan xuk zarbasi evaziga nokautna uchratdi. Jang 4-daqiqa 5-soniyada to'xtatildi.
Malumot uchun, bu Fiziev uchun faoliyatidagi 9-g'alaba bo'ldi. Uning hisobida bitta mag'lubiyat ham bor. Yon qo'shnimiz UFC promoushenidagi to'rtinchi jangi (3-1)da oktagonga ko'tarildi.
Havola :
Manba : usatoday.com
Fikrlar