11 dek 08:47
Yangiliklar

UFC 256 turniri doirasidagi jang bekor qilindi
UFC 256 turnirining markaziy jangida eng engil vazn toifasi chempioni Devison Figeredo davogar Brendon Morenodan kamarini himoya qiladi. Anderkard jangda esa Toni Fergyuson CHarles Oliveraga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Afsuski, asosiy karddan o'rin olgan janglarning biri o'tkazilmaydi. Og'ir vazn toifasida Sergey Spivak hamda Jared Vanderaa o'rtasida o'tkazilishi rejalashtirilgan jang Jaredda koronavirus aniqlangani bois bekor qilindi. Ushbu jang boshqa turnirga qoldirildi.
Eslatib o'tamiz, Sergey Spivak ligada 4 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 2 tasida g'alaba qozongan, yana 2 tasida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. So'nggi jangida Karlos Felipedan ustun kelgandi. Vanderaa esa o'tgan oyda UFC bilan shartnoma imzolagandi. Spivakka qarshi jang u uchun debyut bo'lishi kerak edi.
Fikrlar