13 dek 11:16
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 256 turniridagi chempionlik jangi to'liq davom etdi
Kechaning markaziy jangida eng engil vazn toifa chempioni Deyvison Figereydo Brendon Morenoga qarshi jang qildi.
Besh raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va g'olib yakunda hakamlar qaroriga ko'ra aniqlandi. Unga ko'ra, hakamlar 47-46, 47-47, 47-47 hisobida jangni baholashdi va bahs durang bilan yakunlandi. Bu orqali Figeredo kamarini o'zida saqlab qoldi.
Qayd etish lozimki, uchinchi raundda Figeredo Morenoga taqiqlangan zarbani amalga oshirdi va bir ochkodan mahrum qilindi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar