20 apr 14:51
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 261 turniri O'zbekistonda jonli efirda namoyish etiladi
Xabaringiz bor, 25 aprel tongida Las-Vegasda navbatdagi UFC turniri tashkil etiladi.
Kechaning markaziy jangida yarim o'rta vazn toifasi chempioni Kamaru Usman o'z kamarini Xorxe Masvidaldan himoya qiladi. Bundan tashqari jang oqshomi doirasida yana ikkita chempionlik jangii tashkil etiladi.
SHarhlovchi Davron Fayzievning malum qilishicha, ushbu UFC 261 turniri "UzReport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Translyaciya soat 06:00da boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar