09 may 14:14
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 262. Oliveyra - CHendler jangi uchun rasmiy poster taqdim etildi
UFC 15 may kuni AQSHning Texas shtati Xyuston shahrida bo'ladigan UFC 262 turnining rasmiy posterini elon qildi.
Oqshomning asosiy jangi engil vazn toifasidagi CHarlz Oliveyra - Mayk CHendler to'qnashuvi bo'ladi.
Kechaning asosiy kardidan Beneil Dariush va UFC`ning sobiq vaqtinchalik chempioni Toni Fergyuson o'rtasidagi jang ham o'rin olgan.
Xabib Nurmagomedovga tegishli bo'lgan kamar uchun CHendler va Oliveyra kurash olib boradi. 2020 yilning oktyabrida rossiyalik jangchi faoliyatidagi 29-g'alabasidan so'ng sportni tugatganini elon qildi. U Jastin Geytjini mag'lubiyatga uchratdi, keyin oktagonda bu jang uning karerasidagi so'nggisi ekanligini malum qildi. UFC prezidenti Dana Uaytning Nurmagaomedovni qaytarish uchun qilgan barcha urinishlari muvaffaqiyatsiz tugadi.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar