22 iyu 09:28
Yangiliklar

UFC 263 turniri ishtirokchilarining gonorarlari elon qilindi
Ushbu turnir 12 iyun kuni Glendeyl shahridagi "Gila River" arenada o'tkazilib, oqshomning markaziy jangida o'rta vaznda UFC chempioni Israel Adesanya italiyalik davogar Marvin Vettoriga qarshi oktagonga ko'tarilib, g'alabaga erishgandi.
Adesanyaning bu jang uchun kafolatlangan gonorari 500 000 dollarni tashkil etdi. Bu oqshomning eng katta gonorari bo'ldi. Ikkinchi o'rinda uning raqibi Marvin Vettori bo'lib, italiyalik bu jangdan 350 000 dollar ishlab oldi. Yarimo'rta vazn vakili Neyt Dias 250 000 dollarga ega bo'ldi.
UFC 263 to'liq gonorarlari ro'yxati:
Israel Adesanya ($500 000) – Marvin Vettori ($350 000)
Brendon Moreno ($100 000) – Deyveson Figeredo ($210 000)
Leon Edvards ($110 000) – Neyt Dias ($250 000)
Belal Muhammad ($80 000) – Demian Maya ($175 000)
Pol Kreyg ($55 000) – Jamaal Xill ($28 000)
Bred Riddell ($40 000) – Dryu Dober ($87 000)
Erik Anders ($75 000) – Darren Styuart ($45 000)
Loren Merfi ($70 000) – Joann Kaldervud ($51 000)
Movsar Evloev ($36 000) – Xakim Davodu ($55 000)
Penni Kianzad ($28 000) – Aleksis Devis ($43 000)
Terrens MakKinni ($12 000) – Mett Frevola ($23 000)
Stiven Peterson ($23 000) – CHeyz Xuper ($37 000)
Fares Ziam ($14 000) – Luiji Vendramini ($15 000)
Karlos Felipe ($25 000) – Jeyk Kolle ($28 000)
Takidlash joiz, ko'rsatilgan gonorar summasiga bonuslar, pullik translyaciyalardan tushadigan ulushlar, reklama shartnomalari kiritilmagan.
Fikrlar