09 iyu 08:29
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 264 boshlanishi chakki emas. Makgregor ko'z urishtirish marosimida Poreni tepdi (VIDEO + FOTO)
Aralash yakkakurash muxlislari tomonidan intiqlik ila kutilayotgan UFC 264 turnirining rasmiy marosimlari boshlandi.
Oqshomning markaziy jangi ishtirokchilari o'rtasidagi ko'z urishtirish marosimi kutilganidan ham "qaynoq" o'tdi. Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Dastin Porega oyoqda zarba berdi. Amerikalik jangchi buni bosiqlik bilan qabul qildi.
UFC prezidenti Dana Uayt va uning yordamchilari vaziyatni sinchkovlik bilan nazorat qilib turishgani bois, vaziyat dahanaki jangga etib bormadi. UFC 264 turniri Toshkent vaqti bilan 11 iyul kuni tong saharda AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar