26 jan 07:44
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 270 doirasida o'tkazilishi kerak bo'lgan jangning yangilangan sanasi malum
Har ikkala yakkakurash ustasi bunga kelishib olishdi.
Yarim engil vazn toifasida UFC jangchilari Movsar Evloev va Iliya Topuriya o'zaro jang qilishga kelishib olishdi. Jangchilar UFC 270 turnirida to'qnash kelishlari kerak edi. Endi ikki jangchi 19 mart kuni oktagonga ko'tariladi.
"UFC, menga 19 mart kuni Iliya Topuriya bilan barcha tushunmovchilikni hal qilishga imkon ber! Iliya, menga javob qaytar!", - deb yozdi Movsar o'z "Tvitter" sahifasida.
Gruziyalik jangchi esa tezda bu chaqiruvga javob qaytardi.
"Movsar, biz oktagonga ko'tarilganimizda senga hech kim yordam bera olmaydi. Ishonamanki, 19 mart kuni to'liq sog'aygan holatda bo'lasan va eng kamida ko'rinish berasan", - deb yozdi Topuriya.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar