06 mar 09:42
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/208703_220.jpg)
UFC 272. Edson Barboza - Brays Mitchell jangi to'liq davom etdi + FOTO
AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilayotgan UFC 272 turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
"Ti-Mobayl Arena" stadionida o'tayotgan oqshomning asosiy kardidan o'rin olgan va nufuzi bo'yicha uchinchi jangda braziliyalik taniqli Edson Barboza amerikalik Brays Mitchellga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang to'liq uch raund davom etdi va yakunda Mitchell hakamlarning yakdil qarori bilan UFC faxriysi Edson Barbozani 30-25, 30-26, 30-27 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Brays jangdan keyin bergan intervyusida gonorarining yarmini o'zi tug'ilib o'sgan Arkanzas shahridagi kam taminlangan oila farzandlariga berishini malum qildi.
Havola :
Fikrlar