06 mar 09:21
Yangiliklar
![](/upload/storage/208697_220.jpg)
UFC 272. Moldovalik jangchi amerikalikni nokautga uchratdi + FOTO
"Ti-Mobayl Arena" stadionida o'tayotgan oqshom doirasidagi janglarning biri og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda moldovalik 27 yoshli Sergey Spivak amerikalik 33 yashar Greg Xardiga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang birinchi raunddayoq yakuniga etdi. Spivak raqibini texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Sergey bundan avvalgi jangida Tom Aspinallga imkoniyatni boy bergan edi. Ushbu jang sentyabr oyida UFC Fight Night 191 turniri doirasida o'tkazilgan edi.
Spivak MMAdagi faoliyati davomidagi 14-g'alabasini tantana qildi. Hisobida 3 ta mag'lubiyat bor. Xardi bugun esa faoliyatidagi beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bu uning UFC promoushenidagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyati bo'ldi.
Fikrlar