06 mar 10:16
Yangiliklar

UFC 272. Qonli kechgan so-main event jangi to'liq davom etdi FOTOGALEREYA
Hozirgina "Ti-Mobayl Arena"da o'tayotgan oqshomning so-main event jangi yakuniga etdi. Braziliyalik Rafael dos Anos raqibi Renato Moykanoga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang dos Anosning to'liq ustunligida o'tdi. Aslida jang uchinchi raunddayoq to'xtatilishi mumkin edi. Lekin referi imkoniyat taqdim etdi, to'rtinchi va beshinchi raundlarning boshlanishi arafasida esa shifokor jangning davom etishiga ruxsat berdi.
Beshinchi raundda qonga belangan, chap ko'zi shishib ketgan Moykano bir nechta kuchli va aniq zarbalarni yo'llay oldi va haqiqiy qahramonlik ko'rsatdi. Besh raund yakunlariga ko'ra Rafael dos Anos ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi - 49-45, 49-44, 50-44.
SHu o'rinda jangga to'rt kun qolganida oktagonga chiqishga rozilik bergan Moykanoga rahmat aytish kerak.
Fikrlar