08 apr 19:58
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 273. Volkanovski, Yan, CHimaev va boshqalar taroziga chiqishdi +FOTO
Yakshanba tongida navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tadi.
Kechaning markaziy jangida yarim engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Aleks Volkanovski davogar «Koreyalik zombi» CHon CHxan Songa qarshi oktagonga ko'tariladi. Jangchilar bir necha daqiqa avval vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi.
Har ikki jangchi bir xil — 65,5 kg vazn ko'rsatishdi. Kechaning darajasi bo'yicha ikkinchi raqamli jang ishtirokchilari Aljemeyn Sterling (61 kg) — Petr Yan (59,5 kg) tosh bosishdi.
SHuningdek, turnirning yana bir qiziqarli jangi ishtirokchilari Xamzat CHimaev va Gilbert Berns ham bir xil — 77,1 kg vazn ko'rsatishdi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar