So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

21 jan 12:22
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC 297 turnirining barcha natijalari hamda bonus sohiblari bitta xabarda

Teglar :  UFC 297
Xabar berganimizdek, bugun tongda Kanadaning Toronto shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasi chempionligi uchun kechdi. Besh raund to'liq davom etgan jangda davogar Drikus Dyu Plessi chempion SHon Striklandni hakamlarning ayri qarori (48-47, 47-48, 48-47) bilan mag'lubiyatga uchratdi. Hakamlardan ikki nafari Plessining, yana biri Striklandning g'alabasini taminlagan.

Turnirning so main-event jangi ham chempionlik kamari uchun bo'lib o'tdi. Unda Rakel Pennington raqibasi Mayra Bueno Silvani hakamlarning yakdil qarori (49-46, 49-46, 49-45) bilan taslim etib, ayollar o'ta engil vazn toifasida yangi chempionga aylandi. 

UFC matbuot xizmati bugungi turnirning bonus sohiblarini ham elon qildi. Oqshomning eng yaxshi jangi sifatida SHon Strikland va Drikus Dyu Plessi o'rtasidagi turnirning asosiy jangi tan olindi. Yorqin jang namoyish etgan Jillian Robertson va Jasmin Jasdavisius ham bonusga loyiq ko'rildi. Bu to'rt jangchiga kafolatlangan gonorardan tashqari 50 ming dollardan bonus, yani mukofot pullari ham taqdim etildi.  


Erta prelim kard janglari natijalari:

Jimmi Flik ikkinchi raundda Malkolm Gordonni bo'g'ish usuli bilan engdi; 

Jasmin Jasdavisius uchinchi raundda Priscila Kachoeyrani bo'g'ish usuli bilan mag'lub etdi; 

Sem Patterson Yoxan Laynessni birinchi raundda bo'g'ish usuli bilan taslim etdi;


Prelim kard janglari natijalari:

Jillian Robertson ikkinchi raundda Poliana Vianani texnik nokautga uchratdi; 

Ramon Taveras hakamlarning ayri qarori bilan Serxiya Sideyadan ustun (29-28, 28-29, 29-28) keldi; 

SHon Vudson ochkolar hisobiga ko'ra CHarlz Jordenni engdi (29-28, 28-29, 29-28); 

Garrett Armfild ochkolar hisobiga ko'ra Bred Katonni yutdi (29-28, 29-28, 29-28).


Asosiy kard janglari natijalari:

Movsar Evloev hakamlarning yakdil qarori bilan Arnold Allenni mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 29-28); 

Kris Kyortis hakamlarning ayri qarori bilan Mark-Andre Bariodan ustun keldi (30-27, 28-29, 30-27); 

Nil Megni uchinchi raundda Mayk Melottni texnik nokautga uchratdi (4:45); 

Rakel Pennington hakamlarning yakdil qarori bilan Mayra Bueno Silvani taslim etdi (49-46, 49-46, 49-45). 

 

Oqshomning asosiy jangi:

Drikus Dyu Plessi hakamlarning ayri qarori bilan chempion SHon Striklandni yutdi (48-47, 47-48, 48-47).


Bonuslar:

Eng yaxshi jang – SHon Strikland vs Drikus Dyu Plessi. 

Yorqin janglari uchun – Jillian Robertson va Jasmin Jasdavisius.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing