16 fev 11:36
Yangiliklar
UFC 298 turniri yana bitta jangini yo'qotdi
Prelim karddan o'rin olgan bitta jang bekor qilindi. Amerikalik o'rta vazn toifasi vakili Ey Jey Dobson raqamlangan turnir kardini tark etdi. Bunga uning raqibi Treshin Gorning jarohat olgani sabab bo'ldi. Matchmeykerlar jangchi izlashdan ko'ra, bahsni bekor qilishni lozim topishdi.
Takidlash joiz, bu UFC 298 turnirining bekor bo'lgan birinchi jangi emas. Avvalroq Amanda Lemos va Tatyana Suares o'rtasidagi jang ham bekor qilinib, UFC Fight Night 239 turniri kardiga ko'chirilgan edi.
Eslatib o'tamiz, UFC 298 turniri 18 fevral tongida Anaxaym shahrida bo'lib o'tadi. Oqshomning asosiy jangi yarimengil vazn chempioni Aleksandr Volkanovski hamda divizion reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan davogar Iliya Topuriya o'rtasida o'tkaziladi.
Fikrlar