So’nggi yangiliklar

18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0

22 mar 07:55
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC 301 turnirining asosiy kardida jang qiladigan Mahmud Muradov Pragada!

Teglar :  Mahmud MuradovUFC
Aralash yakkakurash ustamiz Mahmud Muradov Istanbul orqali CHexiya poytaxti Praga shahriga etib bordi.

Xabaringiz bor, o'rta vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan hamyurtimiz 4 may kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida tashkil etiladigan UFC 301 turnirida oktagonga chiqadi. O'sha kuni Muradovga braziliyalik Mishel Pereyra raqiblik qiladi.

Ushbu jangga tayyorgarlikning ilk bosqichini Toshkentda o'tkazgan yurtdoshimiz kecha Istanbul orqali CHexiya poytaxti Praga shahriga etib bordi. O'quv-mashg'ulot yig'inining ikkinchi bosqichi Muradovning ikkinchi vataniga aylangan CHexiyada o'tkaziladi. 

"Pragada mashg'ulotlarni o'tkazish uchun etib keldim. Rioga jo'nab ketish oldidan so'nggi o'quv-mashg'ulot yig'ini Polshada tashkil etiladi. Unda sparringlar ham o'tkazamiz. Bir necha yildan beri asosiy mashg'ulotlarim CHexiya va Polshada o'tkazib kelinmoqda. Bu safar ham ananaga sodiq qolamiz", - deydi Muradov saytimiz muxbiri bilan suhbatda. 

Malumot uchun, 30 yoshli Mishel Pereyra faoliyati davomida 42 ta jang o'tkazib, 30 g'alaba va 12 mag'lubiyat qayd etgan. U oxirgi jangini 9 mart kuni Mixal Olekseychukka qarshi o'tkazib, muddatidan oldin zafar quchgan edi. Qizig'i, Pereyra o'zining oxirgi 6 ta jangida g'alaba qozongan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing