So’nggi yangiliklar

10:02Рамазон Темиров ва Богдан Гусков иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:36Богдан Гусков ва Магомед Анкалаев иштирокидаги очиқ машғулот olamsport.com фотосуратчиси нигоҳида (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 08:58Суперлига. Бугун 13-тур якунланади 0 08:20Майкл Пейж: "UFC менга топ-10 даги рақиблар билан жанг бермаётгани — ақлга сиғмайди" 0 19:06Богдан Гусков: "Анкалаев билан жанг ҳаётимни ўзгартириши мумкин" 0 18:35Рамазон Темиров иштирокидаги тўлиқ матбуот анжумани 0 18:13Фил Фоден "Манчестер Сити" билан шартномасини 2030 йилгача узайтирди 0 17:33Стив Эрцег Рамазон Темиров ҳақида қандай фикр билдирди? 0 16:58Холдаров ва Олимов Арманистонда илк жангларини ўтказди 0 16:33Темиров ўзи жанг қилишни хоҳлайдиган спортчи номини айтди 0 16:00Гильермо Очоа профессионал футболдаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 15:27Ўзбекистонда UFC турнири қачон ўтказилади — Рамазон Темиров ўз фикри билан бўлишди 0 14:55Рамазон Темиров Асу Алмабаев билан UFC'даги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:33Рамазон Темиров: "Бу жангда ютсам, Эрцегнинг ўрнига кўтариламан, деб ўйлайман" 0 14:12Трамп Инфантинони яна бир катта лавозимга тайинламоқчи 0

07 fev 11:40
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC 312 ishtirokchilari tarozidan o'tishdi, mo'g'ulistonlik sabab bitta jang bekor qilindi

9 fevral kuni Avstraliyaning Sidney shahrida navbatdagi raqamlangan UFC turniri o'tkaziladi.

UFC 312 turniri ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Faqatgina bitta jang mo'g'ulistonlik Nyamjargal Tumendemberelomning vazn tashlash chog'ida o'zini yomon his qilishi sabab bekor qilindi. Uning koreyalik Yun Sun Pakka qarshi jangi UFC 312 turniri kardini ochib berishi kerak edi. Qolgan barcha jangchilar belgilangan vazn meyorini bajarishdi. 

Oqshomning markaziy jangi revansh maqomida bo'lib, unda o'rta vazn toifasida amaldagi promoushen chempioni Drikus dyu Plessi sobiq UFC chempioni SHon Striklendga qarshi oktagonga chiqadi. Har ikki aralash yakkakurash ustasi tarozida bir xilda vazn ko'rsatishdi - 93,91 kg.  

Turnirning co-main event jangi ham chempionlik kamari uchun kechadi. Unda ayollar minimal vazn toifasida amaldagi chempion xitoylik Veyli CHjan o'z kamarini mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Tatyana Suaresdan himoya qiladi. CHjan 52,16 kg, Suarez esa 51,93 kg vazn qayd etdi. 


UFC 312 turniri tarozi natijalari:

Asosiy kard:

Asosiy jang, o'rta vazn: Drikus Dyu Plessi (83,91 kg) — SHon Strikland (83,91 kg)

Ayollar minimal vazn: Veyli Jang (52,16 kg) — Tatyana Suarez (51,93 kg)

Og'ir vazn: Jastin Tafa (120,65 kg) — Tallison Teysheyra (119,29 kg)

Yarimog'ir vazn: Jim Krut (93,44 kg) — Rodolfo Bellato (92,98 kg)

Yarimo'rta vazn: Jeyk Mettyus (77,33 kg) — Fransisko Prado (77,33 kg)


Prelim kard:

Yarimengil vazn: Jek Jenkins (66,22 kg) — Gabriel Santos (65,99 kg)

Egil vazn: Tom Nolan (70,53 kg) — Vyacheslav Borshyov (70,76 kg)

Ayollar o'ta engil vazn: Vang Kong (56,69 kg) — Bruna Brasil (56,92 kg)

O'ta engil vazn: Kolbi Tikness (61,46 kg) — Aleksandr Topuriya (61,46 kg)


Erta prelim:

Engil vazn: Rong Ju (70,76 kg) — Kodi Stil (70,76 kg)

Yarimo'rta vazn: Jonatan Mikallef (77,11 kg) — Kevin Jousset (77,56 kg)

Engil vazn: Kuillan Salkilld (70,76 kg) — Anshul Jubli (70,53 kg).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing